Qo‘qondagi bozorda sodir bo‘lgan yong‘in bo‘yicha jinoyat ishi ochildi
3-sahifa
−
13 iyun 2023
17662Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida joylashgan, xalq tilida “optom bozor” deb ataluvchi bozor hududidagi rastalarda sodir bo‘lgan katta yong‘in yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, Jinoyat kodeksining 259-moddasi (yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi ochilgan. Hozirda Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilayotgani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 12 iyun kuni Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida joylashgan, xalq tilida “optom bozor” deb ataluvchi bozor hududidagi rastalarda katta yong‘in kelib chiqqan edi. Uni o‘chirish uchun 4 soat vaqt ketgan.
LiveBarchasi