Qo‘qondagi eng katta bozorda yong‘in chiqdi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 12 iyun kuni Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida joylashgan, xalq tilida "optom bozor" deb ataluvchi bozor hududidagi rastalarda katta yong‘in kelib chiqdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi

Qayd etilishicha, bugun soat 19:17 da viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga shaharning Baynalminal ko‘chasida joylashgan “Buyuk ipak yo‘li” savdo kompleksi xududidagi do‘kon rastalarida yong‘in sodir bo‘layotgani haqida xabar kelib tushgan. 

Shunga ko‘ra, 10 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 19:25 da voqea joyiga yetib borib, yong‘inni o‘chirish ishlari hali ham davom etayotgani ma’lum qilingan. Ayni paytda do‘kon rastalarida sodir bo‘layotgan yong‘in qurshab olingan.

Yong‘in oqibatida fuqarolarning kuyish tan jarohatini olgani yoki halok bo‘lgani to‘g‘risida xabar kelib tushmagan. 

Vazirlik matbuot xizmati qo‘shimcha ma’lumot taqdim etib borilishini bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in bozor Qo'qon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing