Namangandagi bozorlarning birida yong‘in chiqdi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 5 avgust kuni Namangan viloyatidagi bozorlarning birida katta yong‘in yuz berdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayt etilishicha, bugun, 5 avgust kuni soat 03:39 da Namangan viloyati Chortoq tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga “Namangan” MFY Mustaqillik shox ko‘chasida joylashgan savdo rastalarida yong‘in sodir bo‘layotgani haqida xabar kelib tushgan. Shu bois voqea joyiga 9 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jo‘natilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 250 metr kvadrat maydonda do‘kon va savdo rastalarining ichki qismidagi mahsulotlar zararlangan. Yong‘inni kengayib ketishining oldi olinib, 4 ming metr kvadrat maydon saqlab qolingan.

“Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, bir necha hafta oldin Xorazm viloyati Xiva shahri “Sangar” MFY Elobod ko‘chasida joylashgan “Xiva Buyum bozori” hududidagi kiyim-kechak hamda oziq-ovqat do‘konlarida ham katta yong‘in kelib chiqqan edi.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Namangan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made