Qashqadaryodagi bozorda yong‘in chiqdi (video)

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida joylashgan bozorda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Keltirilishicha, bugun, 7 iyun kuni soat 11:29 da Qarshi shahar “Yerqo‘rg‘on” bozori hududida joylashgan ikki qavatli do‘konning 2-qavatida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida shahar FV bo‘limiga xabar kelib tushgan.

Chaqiruvga ko‘ra, 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 11:41 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 11:55 da o‘rab olingan va soat 12:00 da o‘chirilgan. Shuningdek, qo‘shimcha ravishda 2 ta suv tashishga mo‘ljallangan transport vositasi jalb etilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in natijasida ikkinchi qavatda joylashgan do‘konning 210 kvadrat metr maydonida ichki va tom qismi yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

bozor Qashqadaryo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made