O‘zbekistonda AI-92 markali benzin arzonlashdi

Jamiyat

image
Benzinni eng arzon narxga pullaydigan davlatlar qaysi? north_east

Benzinni eng arzon narxga pullaydigan davlatlar qaysi?

Buxoro neftni qayta ishlash zavodida ishlab chiqarilgan AI-92 rusumli avtobenzinning birjadagi boshlang‘ich narxi 1 litr uchun 9 400 so‘mga tushirildi. Bu haqda bugun, 11 avgust kuni “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, davlat rahbarining aholini arzon va sifatli yoqilg‘i mahsulotlari bilan ta’minlash bo‘yicha bergan topshirig‘i ijrosi doirasida Buxoro neftni qayta ishlash zavodida AI-92 markali avtobenzin narxini bosqichma-bosqich pasaytirish ishlari olib borilmoqda. 

Bu “O‘zbekneftgaz” AJning yoqilg‘i bozori barqarorligini saqlash, aholini yuqori sifatli benzin bilan ta’minlashga qaratilgan strategiyasining muhim qismi hisoblanadi. Strategiya doirasida ishlab chiqarish jarayonlari optimallashtirilib, tannarxni kamaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilgan. Bunda benzin ishlab chiqarish hajmi ortib, narx pasaytirilgan. 

Natijada Buxoro NQIZda ishlab chiqarilgan AI-92 rusumli avtobenzinning birja savdolaridagi 1 tonnasi boshlang‘ich narxi birinchi bosqichda 12 mln 881 ming so‘mdan 12 mln 628 ming so‘mga tushirilgan. Bu 1 litr AI-92 rusumidagi avtobenzinning birjadagi boshlang‘ich narxi 9 400 so‘m degani. 

“Bu nafaqat iste’molchilar uchun qulay narx, balki butun bozorga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Qayd etish joizki, “O‘zbekneftgaz” ichki bozorni rivojlantirish va iste’molchilar manfaatlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida yuqori oktanli yoqilg‘i narxlarini bosqichma-bosqich pasaytirish ishlarini davom ettiradi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya hukumati joriy yilning avgust oyidan xorijga benzin yetkazib berishni to‘liq taqiqlagani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

benzin AI-92

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing