O‘zbekistonda 15 yildan beri qidiruvda bo‘lgan shaxs Qozog‘istonda ushlandi

3-sahifa

image

O‘zbekistonda 15 yildan beri qidiruvda bo‘lgan shaxs Qozog‘istonning Olmaota shahrida qo‘lga olindi. Bu haqda Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, 41 yoshli O‘zbekiston fuqarosi R. Olmaotada shahar migratsiya xizmati va shahar kriminal politsiyasi xodimlari tomonidan hibsga olingan.

“Qidiruv - MDH” tezkor-profilaktik tadbiri davomida jinoyatchilar aniqlandi. Xususan, 1982 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi 2008 yilda O‘zbekiston IIV Surxondaryo viloyati IIB tomonidan davlatlararo qidiruvga berilgan shaxs. Qo‘lga olingan jinoyatchi vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga joylashtirildi”, deyiladi xabarda. 

Olmaota shahar politsiya departamenti migratsiya xizmati rahbari Asxat Butunchinovga ko‘ra, hozirda fuqaro R.ni O‘zbekistonga ekstraditsiya qilish masalasi hal qilinmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxs birinchi marta Shvetsiyadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingan edi. Shuningdek, diniy ekstremistik tashkilotlarning harakatlarida ishtirok etgani uchun xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik gumonlanuvchi birinchi marta Misrdan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingandi


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston qidiruv O'zbekiston fuqarosi ekstraditsiya Olmaota

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing