O‘zbekiston vakili BMT sessiyasiga raislik qildi

Jamiyat

image

Joriy yilning 28 sentyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-York shahridagi qarorgohida O‘zbekistonning Doimiy vakili Baxtiyor Ibrohimov BMT Bosh Assambleyasining 74-sessiyasi Umumiy munozaralar yalpi majlisida raislik qildi.

4 iyun kuni BMT Bosh Assambleyasi 73-sessiyasida O‘zbekiston ilk bor sessiya raisi o‘rinbosari lavozimiga saylangan bo‘lib, mazkur vazifada 74-sessiya yakunlanadigan 2020 yilning sentyabr oyigacha faoliyat yuritadi. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov BMT Xavfsizlik kengashining terrorchilik tahdidiga qarshi kurash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishida O‘zbekiston Yaqin Sharqdani yana 200 nafardan ortiq fuqarosini qaytarishini ta’kidladi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining iqlim bo‘yicha sammitida esa shvetsiyalik 16 yoshli Greta Tunberg dunyo siyosatchlarini safsatabozlikda va uning bolaligini o‘g‘irlashda aybladi.

Shuningdek, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Misr Arab Respublikasining sobiq Prezidenti Muhammad Mursiyning dafn marosimiga oilasi kiritilmaganini hamda Isroilning Falastinni butunlay egallab olayotgani, BMT esa bunga tomoshabin bo‘lib turganini qoraladi.


Maqola muallifi

Teglar

BMT Baxtiyor Ibrohimov

Baholaganlar

17

Reyting

2.6

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing