O‘zbekiston va Pokiston Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi

Olam

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov Pokiston tashqi ishlar vaziri Bilaval Bhutto Zardoriy bilan uchrashdi. U Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari Kengashi yig‘ilishida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga kelgan. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining “Dunyo” axborot agentligi xabar qildi. 

TIV ma’lumotiga ko‘ra, oliy darajada erishilgan kelishuvlarni samarali amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston-Pokiston strategik sherikligini yanada rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqilgan.

Shuningdek, mintaqaviy siyosat masalalari, jumladan, Afg‘onistondagi vaziyat muhokama qilindi. Transport-kommunikatsiya sohasidagi hamkorlikning mavjud salohiyatidan samarali foydalanish va iqtisodiy diplomatiyani faollashtirish muhimligi ta’kidlandi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 12 yanvar kuni Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi raisligida onlayn shaklda o‘tkazilgan “Global Janub ovozi” sammiti yalpi majlisida qatnashib, davlatlarni Afg‘oniston muammosini hal etish bo‘yicha xalqaro muloqot guruhini shakllantirish taklifini qo‘llab-quvvatlashga chorlagan edi. 

Shuningdek, ushbu yig‘ilishda O‘zbekistonda Afg‘oniston orqali Hind okeaniga chiqadigan temir yo‘l qurish loyihasi ham ilgari surilgandi. Ushbu loyiha 2021 yil boshida imzolangan O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston yangi transport yo‘lagi: Termiz – Mozori-Sharif – Qobul – Peshovar bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni nazarda tutadi. U Yevropa Ittifoqi va Rossiyani Markaziy Osiyo davlatlari, shuningdek, Hindiston va Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari bilan bog‘lashi kerak.

Bundan tashqari, Prezident Shavkat Mirziyoyev 2021 yilning iyun oyida Surxondaryo viloyatiga qilgan tashrifida O‘zbekistonni dengizga olib chiqishi mumkin bo‘lgan “Mozori-Sharif – Qobul – Peshavor” temir yo‘li qurilishini yuqori baholab, uni “asr loyihasi”, deb atagan edi. Ushbu temir yo‘l liniyasi aynan Surxondaryo viloyatining ma’muriy markazi Termizdan boshlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Pokiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing