O‘zbekiston o‘smirlar jamoasining Osiyo kubogidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Bugun, 23 yanvar kuni Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida U-17 Osiyo kubogiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Osiyo futbol konfederatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qur’a yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi “A” guruhida Saudiya Arabistoni, Tailand va Xitoy bilan joy oldi.

Quyida qur’a tashlash marosimidan keyin umumiy natijalar bilan tanishib chiqishingiz mumkin:

“A” guruhi

Saudiya Arabistoni

O‘zbekiston

Tailand

Xitoy

“B” guruhi 

Yaponiya

Avstraliya

Vetnam

BAA

“S” guruhi

Koreya Respublikasi

Yaman

Afg‘oniston

Indoneziya

“D” guruhi

Eron

Tojikiston

Ummon

 KXDR.

Ma’lumot o‘rnida, OFK jamoalarni savatchalarga ajratishda so‘nggi uchta Osiyo kubogida (Hindiston-2016, Malayziya-2018 va Tailand-2023) erishilgan natijalarni hisobga olgan.

Mazkur musobaqa Qatarda bo‘lib o‘tadigan 17 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi FIFA Jahon chempionatiga saralash vazifasini ham o‘tab beradi. Musobaqaning eng yaxshi 8 ta jamoasi 2025 yilgi o‘smirlar o‘rtasidagi mundialda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.


Maqola muallifi

Teglar

Osiyo kubogi O'zbekiston terma jamoasi U-17

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing