O‘zbekiston U-20 jamoasining navbatdagi raqibi aniqlandi
Sport
−
28 may 2023 22819 1 daqiqa
Futbol bo‘yicha U-20 O‘zbekiston jamoasining 1/8 finaldagi raqibi ma’lum bo‘ldi.
S guruhida Kolumbiya Senegal bilan durang o‘ynadi va pley-off bosqichiga chiqdi. Yaponiya esa 68-daqiqada Isroilga yutqazdi.
Demak O‘zbekiston U-20 terma jamoasining navbatdagi raqibi Isroil bo‘ladi.
Uchrashuv joriy yilning 31 mayga o‘tar kechasi soat 02:00 da o‘tkaziladi. O‘yin Argentinaning Mendoza shahridagi “Malvinas Arxentinas” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, futbol bo‘yicha U-20 O‘zbekiston jamoasi Jahon chempionati guruh bosqichining 3-turida Gvatemalani mag‘lub etib, musobaqaning 1/8 finaliga yo‘l olgandi.
Shuningdek, navbatdagi o‘yinda jamoa sardori Umar Rahmonaliyev sheriklariga yordam bera olmaydi. Chunki futbolchi 2-turda Yangi Zelandiya va 3-turda Gvatemala bilan bahslarda sariq kartochka olgan.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr