O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Osiyo kubogini g‘alaba bilan boshladi

Sport

image

Xitoyda 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo kubogi start oldi. Ilk turda O‘zbekiston terma jamoasi Yamanni 1:0 hisobida mag‘lub etdi.

Farhod Nishonov boshchiligidagi O‘zbekiston U-20 terma jamoasi musobaqadagi ilk o‘yinni Yamanga qarshi o‘tkazdi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvning 26-daqiqasida Muhammadali O‘rinboyev hisobni ochdi va bu gol o‘yin yakuniga qadar yagonaligicha qoldi.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston U-20 terma jamoasi turnir ikkinchi turida Indoneziyaga qarshi maydonga tushadi. Mazkur o‘yin 16 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Osiyo kubogi Muhammadali O'rinboev O'zbekiston U-20 terma jamoasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing