O‘zbekiston Tojikistonga yana insonparvarlik yordami jo‘natdi
Olam
−
26 may 2020
5945O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ko‘rsatmasi bilan Tojikistonga navbatdagi insonparvarlik yordami yuborildi. Bu haqda “Asia-plus” xabar berdi.
Bu safar 24 tonnalik yordam yuki asosan antibiotik dori vositalaridan iborat bo‘ldi.
“O‘zbekiston hukumatining Dushabega kelgan yordami poytaxt Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya boshqarmasiga berildi”, degan Dushanbe meriyasidagi manba.
Ta’kidlanishicha, mer Rustam Imomali shaharning tegishli tuzilmalariga dori vositalaridan koronavirusga chalinganlarni davolash uchun ko‘rsatma bo‘yicha va bepul foydalanilishini nazorat qilishni topshirgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston joriy yilning 9 aprel kuni Tojikistonga 18 ta temir yo‘l vagonida dori-darmon va oziq-ovqat yuborgandi. Shavkat Mirziyoyev topshirig‘i bilan 8 may kuni Dushanbega 8 nafar o‘zbek shifokorlari va 10 tonna yordam yuki, shuningdek, 10 ta o‘pkani sun’iy shamollatish uskunasini yubordi.
Bundan tashqari, o‘sha kuni O‘zbekiston Tojikistonga 144 ta tibbiy konteynerlar yubordi. Ulardan poytaxtdagi “Bofanda” stadionida vaqtinchalik gospital qurildi.
LiveBarchasi