Tojikistonda karantinni mensimaganlar qamoqqa tashlanadigan bo‘ldi
Olam
−
04 iyul 2020
9539Bugun, 4 iyul kuni Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon koronavirus tarqalishining oldini olish va odamlar salomatligini yaxshilashga qaratilgan, shuningdek, sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi qoidalarni buzgan odamlar uchun ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeksga va Tojikiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida qonunni imzoladi. Ushbu hujjatda karantinni cheklovchi choralar talablari va jinoiy jazolar nazarda tutilgan.
“Xovar” agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, bu qonun sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi standartlarni va o‘limga olib keladigan epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzganlik uchun jazolarni kuchaytirishni o‘z ichiga oladi.
Endi yuqumli kasalliklarning, shu jumladan, koronavirusning ataylab tarqalishiga yo‘l qo‘ygan, karantin qoidalarini mensimaganlarga qamoq jazosi qo‘llaniladi. Bundan tashqari, ommaviy axborot vositalari orqali pandemiya haqida yolg‘on ma’lumot tarqatganlik uchun jarimaga tortiladi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Tojikistonda 6 058 nafar odam koronavirusga chalindi. Ulardan 4 690 nafari sog‘aygan bo‘lsa, 52 gafari olamdan o‘tdi.
LiveBarchasi