Tojikiston koronavirus bo‘yicha O‘zbekistondan o‘zib ketdi
Olam
−
27 may 2020
13260Bugun, 27 may kuni Tojikistonda koronavirus bilan bog‘liq holatlarning umumiy soni 3 424 nafarga yetdi. Bu bilan Tojikiston koronavirus aniqlanishi bo‘yicha O‘zbekistondan o‘zib ketdi. Tojikistonning ushbu qo‘shnisida bu ko‘rsatkich 3355 nafari tashkil qilmoqda.
Koronavirus bo‘yicha Yagona milliy portalga ko‘ra, Tojikistonda bir sutkada 158 ta yangi kasallik holati qayd etilgan.Sog‘ayib ketganlar soni ham 158 kishiga ko‘paydi. Shuning uchun, davolaganlar soni bugun ham 1575 kishini tashkil qilmoqda.
O‘tgan bir kun ichida bironta ham odam vafot etish holati qayt etilmadi. Statistikaga ko‘ra, kasallik aniqlangandan beri vafot etganlar soni 47 tani tashkil qilmoqda.
Avvalroq mamlakatning yangi sog‘liqni saqlash vaziri Tojikistonda COVID-19 bilan og‘rigan bemorlarni davolash mutlaqo bepul va mamlakatda dori-darmonlar yetarli darajada ta’minlanganini ta’kidlagan edi.
LiveBarchasi