Imomali Rahmon muhtoj aholiga yordam puli ajratishni buyurdi
Olam
−
11 iyul 2020
7166Tojikistonda ijtimoiy himoyaga muhtoj odamlarga bir martalik yordam puli tarqatiladi. Mamlakat Prezidenti Imomali Rahmon tegishli farmonni imzoladi.
Unga ko‘ra, pandemiya tufayli qiyin ahvolga tushib qolgan ijtimoiy zaif aholi qatlamiga eng kam ish haqining 1 baravari miqdorida (40 dollar atrofida) bir martalik yordam puli ajratiladi.
Yordam puli fuqarolarning bank kartalariga tashlab beriladi, agar kartasi bo‘lmasa, naqd beriladi.
Tegishli vazirlik idoralarga 1 avgustgacha yordam puli beriladigan aholi ro‘yxatini tuzish topshirildi.
Mamlakat Moliya vazirligi tegishli tartibda bir marta to‘lanadigan mablag‘larni ajratishi belgilandi.
Ma’lumot uchun, bugungacha Tojikistonda 6 457 kishida koronavirus aniqlangan. Ulardan 5 115 nafari sog‘aygan va 55 kishi vafot etgan.
LiveBarchasi