Tojikiston cog‘liqni saqlash vaziri: “Respublika epidemiyaning eng yuqori cho‘qqisidan o‘tdi”
Olam
−
30 may 2020
8825Tojikiston Respublikasi koronavirus epidemiyasining eng yuqori cho‘qqisidan o‘tdi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vaziri Jaloliddin Abdullozoda SSSR gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
"Kasallik cho‘qqisi 15 mayda, eng ko‘p kasallanganlar aniqlangan kunda qayd etildi. 15 maydan keyin mamlakatda kasallik aniqlanish holatlari kun sayin kamayib, sog‘ayganlar soni ko‘paymoqda. Ko‘rib turganingizdek, so‘nggi kunlarda bironta ham o‘lim holati qayd etilmadi", deydi vazir.
Shu bilan birga, vazirning ta’kidlashicha, ular COVID-19 bilan bog‘liq bo‘lgan ba’zi o‘limlarni tekshirishgan. Natijada ular aslida koronavirusdan vafot etmagani aniqlangan.
"Bu odamlar ilgari operatsiya qilingan, masalan, operatsiyani o‘tkazib yuborishgan yoki diabet kasalligi bilan og‘riganlar. Bunday sharoitda stress sababli ular og‘ir ahvolga tushib qolishgan", deydi Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari.
Jaloliddin Abdullozodaning ta’kidlashicha, mamlakatda koronavirusni davolash uchun barcha zarur dori-darmonlar mavjud.
"Sog‘liqni saqlash vazirligining omborlarida koronavirusni davolash uchun barcha zarur dori-darmonlar va tibbiy buyumlar yetarli miqdorda mavjud. Men har kuni shahar va tumanlarning bosh vrachlariga kelib, kerakli dori-darmonlarni zaxiraga olib borishni va shifoxonadagi bemorlarga ham, uyda davolanayotganlarga ham bepul berishni buyuraman. Sog‘liqni saqlash vazirligi va tibbiyot muassasalarining omborlarida bugungi kunda protokolga muvofiq yetarli miqdorda Arbidol, Ergoferon, Immunal, Levoflaksin, Amiksin, Azitromitsin, Gidroksixloroxin, Delagil, vitaminlar va boshqa dorilar mavjud. Bundan tashqari, taxminan 2-3 million niqob bor ... Qo‘rqmang, vahima qilmang, dori sotib olmang, chunki koronavirus bilan kasallanganlar uchun dori-darmonlar, to‘shak, xizmat, oziq-ovqat 100 foiz bepul!!!", deydi Abdullozoda.
Avvalroq, Tojikiston kasallanish holatlari bo‘yicha O‘zbekistondan o‘tib ketgani haqida xabar bergan edik.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Tojikistonda koronavirus bilan bog‘liq 3 807 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 1 865 nafari sog‘aygan, 47 nafari esa vafot etgan.
LiveBarchasi