O‘zbekiston U-20 termasi Braziliyaga qarshi o‘yin o‘tkazadi

Sport

image

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-20 terma jamoasi joriy yilning aprel oyi oxirida Braziliya yoshlariga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, may oyi oxirida boshlanadigan jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston U-20 terma jamoasi aprel oxirida Ispaniyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazadi. Yig‘in doirasida uchta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Jumladan, Ravshan Haydarov shogirdlari 22 aprel kuni Braziliya yoshlariga qarshi o‘yin o‘tkazsa, 25 aprel kuni Dominikan, 27 aprel kuni Gibraltar termalariga qarshi saf tortadi. 

Eslatib o‘tamiz, ushbu terma jamoa mart oyida O‘zbekistonda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida zafar quchib, Indoneziyada o‘tkazilishi kerak bo‘lgan jahon chempionatiga yo‘llanma olgandi. Biroq, FIFA keyinroq Indoneziyadan mundial mezbonligini olib qo‘ydi. Shu yilning 20 mayidan 11 iyuniga qadar o‘tkazilishi rejalashtirilgan musobaqaga yangi mezbon sifatida Janubiy Amerika vakili Argentina tanlangan. Guruh bosqichi uchun qur’a tashlash marosimi esa 21 aprel kuni Shveysariyaning Syurix shahrida bo‘lib o‘tadi.

Nodirjon Madaminov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Futbol O'zbekiston U-20

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing