Shavkat Mirziyoyev tomosha qilgan o‘yinda O‘zbekiston Osiyo chempioni bo‘ldi
Sport
−
18 mart 2023
20380Bugun,18 mart kuni 20 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati bahslari yakunlandi. Final o‘yinida O‘zbekiston vakillari Iroq bilan kuch sinashdi. Hal qiluvchi bellashuvni O‘zbekiston Respiblikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bevosita “Bunyodkor” stadionidan kuzatib bordi.
Uchrashuvdagi yagona gol 72 daqiqada mezbonlar sardori Umarali Rahmonaliyev tomonidan kiritildi. 11 metrlik nuqtaga yaqinlashgan Rahmonaliyev raqib darvozasiga to‘pni aniq yo‘lladi.
Shunday qilib, salkam 20 kun davom etgan turnirda Ravshan Haydarov shogirdlari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Chempionlik bilan bir qatorda jamoa shu yili Indoneziyada o‘tadigan yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etadi.
LiveBarchasi