FIFA Indoneziyani U-20 Jahon chempionati mezbonligidan mahrum qildi

Sport

image

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) 2023 yilgi yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatini Indoneziyadan ko‘chirishga qaror qildi. Bu haqda kecha, 29 mart kuni tashkilot Matbuot xizmati xabar berdi.

Avvaliga turnirga qur’a tashlash marosimi Bali gubernatori Vayan Koster Isroil termasini musobaqaga qo‘ymaslikka qaror qilganidan so‘ng bekor qilingani ma’lum bo‘lgan edi.

“Yangi mezbon davlat keyinroq e’lon qilinadi, musobaqa sanalari hozircha o‘zgarishsiz qolmoqda. Indoneziya futbol assotsiatsiyasiga nisbatan qo‘llanadigan sanksiyalar ham tez orada ma’lum bo‘ladi”, deyiladi tashkilot xabarida.

Musobaqa joriy yilning 20 mayidan 11 iyunigacha Indoneziyada o‘tkazilishi kerak edi. Jahon chempionatida Ravshan Haydarov murabbiyligidagi O‘zbekiston yoshlar jamoasi Osiyo chempioni sifatida ishtirok etadi.


Maqola muallifi

Teglar

FIFA U-20 Jahon chempionati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing