O‘zbekiston Singapurga yangi elchi tayinladi
Jamiyat
−
14 mart
3322Avvalroq, O‘zbekistonning Singapur va Avstraliyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Qahramon Shokirov ikki o‘lkadagi diplomatik missiyasini yakunlagani haqida ma’lum qilgan edik. Bugun, 14 mart kuni O‘zbekistonning Singapurdagi yangi elchisi Alisher Qayumov o‘z vazifasini bajarishga kirishdi. Bu haqda "Dunyo" axborot agentligi ma’lum qildi.
Bildirilishicha, Qayumov Singapurga tayinlanishidan oldin O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasida maslahatchi bo‘lib ishlagan. U bu vazifaga 2017 yilda tayinlangan. Elchixona maslahatchisi sifatida Qayumov Venadagi xalqaro tashkilotlardagi diplomatik missiyani boshqargan.
54 yoshli diplomat O‘zbekiston Milliy universitetini tamomlagan. Uzoq yillar davomida hozirgi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Germaniyadagi elchixonada savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi sifatida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 13 mart kuni Temur Rahmonov O‘zbekistonning Latviyadagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan edi.
LiveBarchasi