O‘zbekiston Latviyaga yangi elchi tayinladi
Jamiyat
−
13 mart
3739Temur Rahmonov O‘zbekistonning Latviyadagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi. U bugun, 13 mart kuni Rigaga yetib bordi. Bu haqda "Dunyo" axborot agentligi xabar berdi.
Temur Rahmonov 2021 yildan shu paytgacha O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi Bosh konsul lavozimida ishlagan. Uning konsullik okrugiga Rossiyaning Sibir federal okrugi kirgan.
46 yoshli diplomat rus, ingliz, polyak va ispan tillarini mukammal biladi. U Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan. TIV tizimidagi faoliyatini 1999 yilda boshlagan. O‘tgan yillar davomida u vazirlik markaziy apparatida, shuningdek, O‘zbekistonning Polsha, Italiya va Ispaniyadagi elchixonalarida turli lavozimlarda ishlagan. 2017–2018 yillarda esa Tashqi ishlar vazirligining Urganch shahri hududiy boshqarmasi boshlig‘i, Xorazm viloyati hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida faoliyat olib borgan.
Ma’lumot uchun, Temur Rahmonov O‘zbekistonning Latviyadagi diplomatik missiyasi rahbari (2019–2024) hamda Litva (2021–2024), Estoniya (2020–2024) va Finlyandiyadagi (2020-2024) o‘rindoshlik asosidagi elchisi (qarorgohi Riga shahrida) sifatida ishlagan Qadamboy Sultonov o‘rniga tayinlandi.
LiveBarchasi