O‘zbekiston Shvetsiyaga yangi elchi tayinladi
Jamiyat
−
16 Oktabr
3191Favqulodda va muxtor elchi Rahmatulla Nurimbetov bugun, 16 oktyabr kuni tunda Shvetsiya poytaxtiga yetib bordi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, diplomat Stokgolmga tayinlanishidan avval 2023-2024 yillarda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Rahmatulla Nurimbetov 47 yoshda. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti (hozirgi Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti) va O‘zbekiston Milliy universitetini tamomlagan. Siyosiy fanlar doktori darajasiga ega.
Mehnat faoliyatini O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida boshlagan. 2003 yildan buyon TIV tizimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Xususan, o‘tgan yillar davomida vazirlikning markaziy apparatida, shuningdek, O‘zbekistonning Germaniya va Ispaniyadagi elchixonalarida turli lavozimlarda ishlab, Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari darajasiga ko‘tarilgan. Bundan tashqari, 2018-2024 yillarda O‘zbekistonning SHHT ishlari bo‘yicha milliy koordinatori vazifasida ishlagan.
Nemis, ispan va ingliz tillarini mukammal biladi. U 2022-2024 yillarda O‘zbekistonning Shvetsiyadagi elchixonasiga rahbarlik qilgan Nodir G‘aniyev o‘rniga tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Alisher To‘xtayev O‘zbekistonning Pokistondagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan edi.
LiveBarchasi