O‘zbekiston samolyotlari Iroq va Eron havo hududidan vaqtincha o‘tmaydi
Jamiyat
−
03 Oktabr
3494“O‘zbekiston havo yo‘llari” kecha, 2 oktyabr kunidan boshlab Yaqin Sharqdagi notinch vaziyat sabab xavfsizlikni ta’minlash maqsadida parvozlarni Iroq va Eron havo hududlarini aylanib o‘tgan holda amalga oshirmoqda. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, parvozlar Iroq havo hududi, shuningdek, Eron g‘arbiy qismini aylanib o‘tgan holda tashkil qilinadi. Fuqaro aviatsiyasi agentligi bu ko‘rsatmani fuqaro havo kemalari parvozlarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida berdi. Aviakompaniya samolyotlari aniq ko‘rsatmaga qadar shu ko‘rinishda uchadi.
Kompaniya, shuningdek, muqobil yo‘nalishlardan foydalangan holda Toshkent – Tel-Aviv – Samarqand/Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlarni davom ettiradi.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 1 oktyabr kuni kechqurun Eron Isroilga raketalar bilan zarba bergandi. Isroil armiyasi radiosi Erondan Isroilga 200 ga yaqin raketa uchirilganini aytdi. Keyinroq Isroil harbiylari aniq ovoz chiqarib, aholi o‘z boshpanalarini erkin tark etishlarini bildirdi. Isroil Eronga “og‘riqli javob” berishga va’da berdi. Isroil nashrlari armiya bugun, 2 oktyabr kuni tunda butun Yaqin Sharq bo‘ylab kuchli zarba berishi kutilayotganini yozdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Flynas” va “Qeshm Air” aviakompaniyalari Yaqin Sharqdagi vaziyatning keskinlashuvi va Eron ustidagi havo hududining bir qismi yopilishi munosabati bilan O‘zbekistonga parvozlarni vaqtincha to‘xtatdi. Shuningdek, Qozog‘iston aviakompaniyalariga ham Eron havo hududi orqali parvoz qilmaslik tavsiya qilindi.
LiveBarchasi