O‘zbekiston Pokistonga yangi elchi tayinladi
Olam
−
06 Oktabr
4788Alisher To‘xtayev O‘zbekistonning Pokistondagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Alisher To‘xtayev O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri maslahatchisi lavozimida ishlagan.
Ma’lumot uchun, elchi Toshkent davlat yuridik institutini (hozirgi Toshkent davlat yuridik universiteti) tugatgach, Tashqi ishlar vazirligi, Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Prezident administratsiyasida mas’uliyatli lavozimlarda ishlagan.
Shuningdek, u O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmasida ham avval maslahatchi, so‘ngra rais o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan. Alisher To‘xtayev 2021–2024 yillarda O‘zbekistonning Pokistondagi elchisi lavozimida ishlab kelgan Oybek Usmonov o‘rniga tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Baxtiyor Ibragimov O‘zbekistonning Qozog‘istondagi Favqulodda va muxtor elchisi tayinlangandi. U 2019–2022 yillarda Birlashgan Arab Amirliklarida elchi bo‘lgan. Shuningdek, TIV departamenti direktori, O‘zbekiston turizm va madaniy meros vaziri o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
LiveBarchasi