O‘zbekiston oltin ishlab chiqarish bo‘yicha top o‘ntalikka kirdi
Olam
−
14 noyabr
5551O‘zbekiston 2023 yil yakunlariga ko‘ra, dunyodagi eng yirik oltin ishlab chiqaruvchilar orasida 10-o‘rinni egalladi. Bu haqda “World Gold Council” xabar berdi.
Hisobotda keltirilishicha, 12 oy davomida O‘zbekistonda 119,6 tonna qimmatbaho metall ishlab chiqarilgan. 2023 yilda Rossiya eng yirik oltin ishlab chiqaruvchilar orasida ikkinchi o‘rinni egallagan. Rossiya 321,8 tonna qimmatbaho metall ishlab chiqargan va Xitoydan (378,2 tonna) keyin ikkinchi o‘rinni egallagan. Uchinchi o‘rinda esa 293,8 tonna ko‘rsatkich bilan Avstraliya qayd etilgan.
Oltin ishlab chiqaruvchilarning yetakchi o‘ntaligiga Kanada (191,9 tonna), AQSH (166,7 tonna), Gana (135,1 tonna), Indoneziya (132,5 tonna), Peru (128,8 tonna) va Meksika (126,6 tonna) ham kirgan.
Bundan tashqari, o‘tgan yil natijalariga ko‘ra, Shveysariya oltin va uning hosilalari eksporti bo‘yicha birinchi bo‘ldi. Qimmatbaho metallni xorijda sotishdan bu mamlakat 107,2 milliard dollar daromad olgan. Ikkinchi o‘rinda – Buyuk Britaniya (65,3 milliard dollar), uchinchi o‘rinda –Xitoy (44,4 milliard dollar).
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Markaziy banki joriy yilning iyun oyida 9 tonna, iyulda esa 9,6 tonna oltin sotib olib, oltin zaxiralarini 375 tonnaga yetkazgandi. Unga ko‘ra, iyul oyida O‘zbekiston eng ko‘p oltin sotib olgan davlatlar qatorida ikkinchi o‘rinni egallagandi.
LiveBarchasi