Özbekistonda qutqaruvçilarni tayyorlaş texnikumi taşkil etiladi

Jamiyat

−

image

Özbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi huzurida Qutqaruvçilarni tayyorlaş texnikumi taşkil etiladi. Unda umumiy örta ta’lim maktablari bitiruvçilari davlat granti va tölov-kontrakt asosida tahsil oladi. Texnikum faoliyati 2027/2028 öquv yilidan boşlanadi. Bu haqda Hukumatning keça, 6 noyabr kuni qabul qilingan “Özbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi huzurida Qutqaruvçilarni tayyorlaş texnikumini taşkil etiş töğrisida”gi qarorida belgilangan.

Hukumat qaroriga köra, texnikumga umumiy örta ta’lim taşkilotlari bitiruvçilari belgilangan tartibda davlat granti va tölov-kontrakt asosida öqişga qabul qilinadi. Ta’lim jarayoni boşlanğiç, örta va örta maxsus kasbiy ta’lim dasturlari asosida taşkil etiladi.

2029 yildan boşlab texnikumning kasbiy ta’lim yönalişlarini tamomlagan bitiruvçilar orasidan favqulodda vaziyatlar organlari uçun kadrlar zaxirasi şakllantiriladi.

Texnikumning asosiy vazifalari etib favqulodda vaziyatlar organlari uçun zamonaviy talablarga javob beradigan, nazariy bilim va amaliy könikmalarga ega qutqaruvçilarni tayyorlaş belgilangan.

Şuningdek, öquv jarayonida simulyatsiya, imitatsiya va virtual laboratoriyalar hamda poligonlarni taşkil etiş orqali nazariya va amaliyot uyğunligini ta’minlaş közda tutilgan.

Ma’lumot uçun, 2026 yil 3 apreldagi Prezidentning PQ–123-son qarorida Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi huzurida mazkur texnikum faoliyatini yölga qöyiş vazifasi belgilangan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing