Özbekistonda faol fuqarolarga imtiyozlar berilişi mumkin

Jamiyat

−

image

Özbekistonda jamiyat hayotida faol iştirok etgan fuqarolarga oliy ta’lim kontraktining 5 foizi, avtomobil xaridi uçun olingan kredit boşlanğiç badalining esa 3 foizigaça qoplab berilişi mumkin. Bu haqda keça, 5 noyabr kuni jamoatçilik muhokamasiga qöyilgan “Fuqarolarni “Jamiyatdagi faol fuqaro” deb topiş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi qaror loyihasida belgilangan.

Unga köra, “Jamiyatdagi faol fuqaro” maqomini olişni istagan fuqarolar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilişi mumkin. Arizalar har oyning 15-sanasiga qadar qabul qilinadi. Davlat xizmati bepul körsatiladi.

Murojaatga fuqaroning jamiyat hayotidagi faolligini tasdiqlovçi fotosurat, video, maqola va boşqa materiallar ilova qilinişi kerak. Arizalar “Raqamli mahalla” platformasi orqali körib çiqiladi.

Fuqarolar beşta ijtimoiy yönaliş böyiça “bir soat – bir ball” tamoyili asosida baholanadi. Har bir yönaliş uçun eng yuqori 20 ball beriladi. Bunda:

  • “Yaşil makon” loyihalarida va köçat ekiş tadbirlarida faol qatnaşgan fuqarolarga tuman yoki şahar Ekologiya va iqlim özgarişi bölimi tomonidan 20 ballgaça beriladi;
  • yolğiz keksalar hamda nogironligi bölgan, özgalarning parvarişiga muhtoj şaxslarga ğamxörlik qilganlar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan 20 ballgaça baholanadi;
  • mahalladagi nizoli oilalar masalasini hal etişda jamoatçi mediator sifatida iştirok etganlarga mahalladagi xotin-qizlar faoli 20 ballgaça beradi;
  • mahalla haşarlari va jamoatçilik tadbirlarida faol qatnaşgan fuqarolar mahalla raisi tomonidan 20 ballgaça baholanadi;
  • mahalladagi yoşlarni xorijiy tillar va kasb-hunarga bepul öqitgan köngillilarga yoşlar yetakçisi tomonidan 20 ballgaça beriladi.

Şunday qilib, beşta yönaliş böyiça jami 100 ball töplaş mumkin. “Jamiyatdagi faol fuqaro” maqomini oliş uçun esa kamida 75 ball talab etiladi.

Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahridagi har bir tuman va şahar böyiça bir yilda 208 nafar fuqaro uşbu maqomga ega bölişi belgilangan. Ballar teng bölgan taqdirda, birinçi bölib murojaat qilgan fuqaroga ustunlik beriladi.

“Jamiyatdagi faol fuqaro” deb topilganlarga davlat xizmatlarini körsatişda qonunçilikda belgilangan yiğim va tölovlar böyiça 10 foiz çegirma beriladi. Bunda davlat boji va yuridik şaxs vakili sifatida qilingan murojaatlar mustasno.

Şuningdek, davlat oliy ta’lim taşkilotlarida öqiş uçun tuzilgan kontrakt tölovining 5 foizi qoplab beriladi. Avtomobil xaridi uçun kreditning boşlanğiç badalidan esa 3 foiz qoplanadi. Bunda ajratiladigan mablağ bazaviy hisoblaş miqdorining 20 baravaridan oşmasligi kerak.

Maqomga ega bölgan fuqarolar “Faol fuqaro” nişoni bilan taqdirlanadi, ularning yaşaş xonadoniga esa maxsus belgi örnatiladi. Uşbu maqom bir yil davomida amal qiladi.

Jamoatçilik muhokamasi joriy yil 20 noyabrga qadar davom etadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda kun davomida kamida 10 ming qadam yurgan fuqarolarni rağbatlantirişga qaratilgan “Ön ming qadam piyoda” aksiyasi yölga qöyilişi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing