Özbekistonda 900 mlrd sömlik gaz va “svet” ömarildi. Öğrilar kimlar?
Jamiyat
−
20:37 809 3 daqiqa
Özbekistonda joriy yilning 10 oyida 900 mlrd sömlik gaz va elektr tokidan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi. Bu haqda bugun, 4 noyabr kuni ötkazilgan matbuot anjumanida Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanişni nazorat qiliş inspeksiyasi boşliği Ahadxon Isoqjonov ma’lum qildi.
Taşkilot rasmiylarining ma’lum qilişiça, 10 oy davomida 144 mln metr kub gaz (441,2 mlrd söm)dan hamda 243,1 mln kVt soat elektr toki (459,1 mlrd söm)dan noqonuniy foydalanilişi oqibatida byudjetga jami 900,3 milliard söm zarar yetkazilgan.
“Oçiğini aytiş kerak, bu borada aniqlangan holatlar yuzasidan tegişli çoralar körilmoqda. Masalan, Jizzax viloyatining Şarof Raşidov tumanida elektr energiyasi hisoblagiçlariga taşqi ta’sir körsatiş oqibatida 421 million sömlik zarar yetkazilgani aniqlangan. Mazkur holat böyiça zarar yetkazgan tadbirkorlik sub’ekti rahbari hibsga olingan. Şuningdek, qoidabuzarlikka şaroit yaratib bergan ta’minotçi korxona xodimi ham javobgarlikka tortilmoqda”, deydi Ahadxon Isoqjonov.
Matbuot anjumanida noqonuniy foydalaniş holatlarining asosiy qismi xususiy sektorga töğri kelayotgani aytildi. Xususan, elektr energiyasi böyiça 2026 yil 31 oktyabr holatiga 1 985 ta qoidabuzarlik aniqlangan. Buning oqibatida 242 million kilovatt-soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan va dastlabki hisob-kitoblarga köra, byudjetga 458 milliard sömlik zarar yetkazilgan.
Takidlanişiça, qoidabuzarliklarning qariyb 10 foizi davlat taşkilotlari, qolgan qismi esa tadbirkorlik sub’ektlari hissasiga töğri keladi.
Şuningdek, tabiiy gazdan noqonuniy foydalaniş holatlarida ham asosiy uluş xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga tegişli ekanligi ma’lum qilindi. Xususan, issiqxona, avtomobillarga gaz töldiriş şoxobçalari va trikotaj fabrikalarida bunday qonunbuzarliklar köproq aniqlanmoqda.
2025–2026 yillardagi kuz-qiş mavsumida issiqxonalarda tabiiy gazdan noqonuniy foydalaniş bilan boğliq 23 ta holat aniqlangan. Buning oqibatida 8 milliard sömlik zarar yetkazilgan. Şuningdek, 2026 yilning 10 oyi davomida respublika böyiça 24 ta metan zapravkada tabiiy gazdan noqonuniy foydalaniş holatlari aniqlanib, ularga nisbatan tegişli çora körilgan.
“Tabiiy gazdan noqonuniy foydalaniş holatlarining asosiy qismi xususiy tadbirkorlik sub’ektlari hissasiga töğri keladi. Davlat taşkilotlarida bunday qoidabuzarliklar nisbatan kam uçraydi. Faoliyat turlari böyiça tahlil qiladigan bölsak, tabiiy gazdan yirik miqdorda noqonuniy foydalaniş holatlari, asosan, issiqxona xöjaliklari, avtomobillarga gaz töldiriş şoxobçalari hamda trikotaj va töqimaçilik fabrikalarida aniqlanmoqda. Bular tabiiy gazning yirik iste’molçilari hisoblanadi”, deydi Ahadxon Isoqjonov.
Şuningdek, inspeksiya tomonidan neft mahsulotlari, xususan, benzin sifati ham tekşirilgan. Nazorat tadbirlarida asosan AI-92 va AI-95 markali benzinning sifat talablariga javob bermasligi aniqlangan. Jumladan, neft mahsulotlari böyiça olib borilgan sifat nazorati tadbirlarida AYOQŞ va korxonalardan olingan tahlil namunalaridan 330 ta holatda 7 828,3 tonna neft mahsuloti sifatsizligi aniqlanib, sotuvga çiqarilişining oldi olingan.
Live
Barchasi