Özbekistonda 10 ming qadam yurganlarga qimmatbaho sovğalar beriladi

Jamiyat

−

image

Özbekistonda kun davomida kamida 10 ming qadam yurgan fuqarolarni rağbatlantirişga qaratilgan “Ön ming qadam piyoda” aksiyasi yölga qöyiladi. Unda bir yil davomida eng köp qadam bosgan iştirokçilar qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlanadi. Bu haqda keça, 3 noyabr kuni jamoatçilik muhokamasiga qöyilgan “Ön ming qadam piyoda” aksiyasini amalga oşiriş va rağbatlantiriş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi qaror loyihasida belgilangan.

Unga köra, aksiyada 18 yoşga tölgan va undan katta Özbekiston fuqarolari ixtiyoriy ravişda qatnaşişi mumkin. Buning uçun ular “Ekofaol fuqaro” platformasining mobil ilovasini yuklab olib, röyxatdan ötişi kerak. Qadamlar soni telefonning özidagi hisoblagiç orqali aniqlanadi.

Iştirokçilar faqat bitta akkaunt va bitta qurilmadan foydalanişi mumkin. Ularning kunlik natijalari soat 00:00 dan 23:59 gaça hisobga olinadi.

Aksiya doirasida bir yil davomida har kuni kamida 10 ming qadam yurgan fuqarolar orasidan eng yuqori natija körsatganlar aniqlanadi. Respublika böyiça eng köp qadam bosgan uç nafar iştirokçi, şuningdek, Qoraqalpoğiston Respublikasi, Toşkent şahri va viloyatlarda yuqori natija qayd etgan fuqarolar alohida taqdirlanadi.

Ğolib va sovrindorlarga har yili dekabr oyining uçinçi ön kunligida Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi huzuridagi davlat maqsadli jamğarmasi hisobidan qimmatbaho sovğalar topşiriladi. Ğoliblar natijalari platformada oçiq e’lon qilib boriladi.

Şu bilan birga, qadamlar sonini sun’iy oşiriş, boşqa şaxsning akkauntidan foydalaniş, yuguriş yölagi, avtomobil, velosiped, samokat va boşqa texnika vositalari yordamida natijani köpaytiriş taqiqlanadi. Bunday qoidabuzarliklar aniqlansa, iştirokçi aksiyadan çetlaştiriladi va uning natijalari bekor qilinadi.

Iştirokçilar natijalari ğayritabiiy yuqori bölsa, sun’iy intellekt yoki avtomatlaştirilgan dasturlardan foydalaniş alomatlari aniqlansa yoxud boşqa fuqarolardan murojaat kelib tuşsa, operator ularni tekşirişi mumkin.

Jamoatçilik muhokamasi joriy yil 13 noyabrga qadar davom etadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Prezident Şavkat Mirziyoyev joriy yilning 23 mart kuni ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş sohasida 2026–2030 yillarga möljallangan ustuvor umummilliy loyihalar taqdimoti bilan tanişgan edi. Unda aholi orasida ekologik madaniyatni oşiriş maqsadida “10 ming qadam piyoda” taşabbusini qayta tiklaş rejalaştirilayotgani ma’lum qilingan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing