Özbek mahsulotlari Rossiya bozoriga çiqadimi?

Biznes

−

Reklama
0:00

Özbekistonda işlab çiqarilgan mahsulot Rossiyada ham xaridorgir bölişi mumkinmi? Buning uçun mahalliy tadbirkorga nimalar kerak: yangi bozor, qulay logistika yoki arzonroq savdo şartlarimi? Rossiyaning yirik marketpleyslaridan biri Ozon özbekistonlik işlab çiqaruvçilar uçun aynan şu imkoniyatlarni kengaytirmoqçi.

3 noyabr kuni Toşkentda ötkazilgan COME ON Forumʼda kompaniya mahalliy tadbirkorlar va işlab çiqaruvçilarni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan yangi taşabbuslarini taqdim etdi. Ular orasida “Özbekistonda işlab çiqarilgan” maxsus vitrinasini işga tuşiriş, sotuvçilar uçun komissiyalarni kamaytiriş, bepul ombor xizmatini taklif etiş va logistika infratuzilmasini kengaytiriş imkoniyati mavjud.

Özbek mahsulotlari uçun alohida vitrina

COME ON Forum – Ozon kompaniyasining Özbekistondagi tadbirkorlar uçun taşkil etgan ilk yirik forumi hisoblanadi. Tadbirning asosiy yangiliklaridan biri “Özbekistonda işlab çiqarilgan” nomli maxsus vitrinaning işga tuşirilişi böldi.

Endilikda Özbekiston va Rossiyadagi xaridorlar mahalliy işlab çiqaruvçilarning mahsulotlarini uşbu bölim orqali topişlari mumkin. Bu özbek brendlarining tanilişini oşiriş va işlab çiqaruvçilarga qöşimça savdo imkoniyatlarini yaratişga xizmat qilişi kutilmoqda.

Loyihaga işlab çiqariş faoliyati Özbekiston hududida joylaşgan barça tadbirkorlar qöşilişi mumkin.

Forum doirasida Ozon va Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantiriş agentligi örtasida hamkorlik memorandumi ham imzolandi. Hujjat töqimaçilik, trikotaj, kiyim-keçak, çarm mahsulotlari va poyabzal işlab çiqaruvçilarini marketpleys orqali Özbekiston va Rossiya bozorlariga olib çiqişga qaratilgan.

Işlab çiqaruvçilarga şaxsiy menejer biriktiriladi

Memorandum doirasidagi hamkorlik faqat mahsulotlarni platformaga joylaştiriş bilan çeklanmaydi. Ozon mahalliy işlab çiqaruvçilarga biznesini rivojlantiriş va savdo geografiyasini kengaytirişda ham yordam berişni rejalaştirmoqda.

Kompaniya vakilining aytişiça, tadbirkorlar uçun qöşma ta’lim tadbirlari va reklama taşabbuslari taşkil etiladi. Şuningdek, hamkorlik doirasidagi har bir tadbirkorga şaxsiy menejer biriktiriladi.

“Memorandumimizning asosiy maqsadi – töqimaçilik, trikotaj va çarm sanoati işlab çiqaruvçilariga Ozon platformasiga çiqiş va öz savdo geografiyasini kengaytirişda yordam beriş. Özbekistonda ham uning taşqarisida ham tadbirkorlar uçun qöşma ta’lim tadbirlari, reklama taşabbuslarini rejalaştirmoqdamiz. Har bir tadbirkorga şaxsiy menejer biriktiriladi. Maqsadimiz – savdoni oşiriş va imkon qadar köproq mahalliy işlab çiqaruvçilarni platformamizga olib çiqiş”, dedi Natalya Boyer.

Şunday qilib, işlab çiqaruvçilarga platformada röyxatdan ötişdan taşqari, mahsulotlarni ilgari suriş va savdoni rivojlantiriş jarayonida ham kömak berilişi közda tutilgan.

Komissiyalar ikki barobar kamaytirildi, ombor xizmati bepul

Tadbirkor uçun yangi bozorga çiqişning özi yetarli emas. Savdo jarayonida komissiyalar, tölovlar, şartnomalar va logistika xarajatlari ham muhim örin tutadi.

Ozon vakilining ta’kidlaşiça, kompaniya Özbekistondagi faoliyatini mahalliylaştiriş böyiça bir qator özgarişlarni amalga oşirgan. Endilikda sotuvçilar kompaniyaning Özbekistondagi mahalliy yuridik şaxsi bilan şartnoma tuzadi. Hisob-kitoblar va sotuvçilarga tölovlar milliy valyutada amalga oşiriladi.

“Bu yil komissiyalarimizni ikki barobar kamaytirdik. Bundan taşqari, logistikani ham mahalliylaştirdik. Bu yil ombor ham oçdik. Barça özbekistonlik sotuvçilarni öz tovarlarini omborimizga joylaştirişga taklif qilamiz. Bu ular uçun mutlaqo bepul. Bunday şartlar 2027 yil 1 sentyabrgaça amal qiladi”, dedi Natalya Boyer.

Demak, kompaniya mahalliy valyutadagi hisob-kitoblar, kamaytirilgan komissiyalar va mahsulotlarni omborga bepul joylaştiriş imkoniyatlarini taklif qilmoqda. Bu, ayniqsa, eksport bilan endigina şuğullanişni boşlayotgan kiçik va örta biznes vakillari uçun ahamiyatli bölişi mumkin.

Özbekiston elektron tijorat bozori 2,5 milliard dollarga yetişi mumkin

Ozon taqdim etgan ma’lumotlarga köra, 2026 yilning dastlabki ön oyida özbekistonlik sotuvçilarning platformadagi aylanmasi ötgan yilning şu davriga nisbatan qariyb beş barobar oşgan.

Kompaniya prognoziga köra, 2030 yilga borib Özbekiston elektron tijorat bozori 2,5 milliard dollarga yetişi mumkin. Bu esa mahalliy işlab çiqaruvçilar uçun yangi savdo imkoniyatlari paydo bölişini anglatadi.

Ozon 2027 yil oxirigaça Özbekiston böylab buyurtmalarni topşiriş punktlari sonini ikki barobar oşirişni ham rejalaştirmoqda. Kompaniyaning fikriça, logistika tarmoğining kengayişi xaridorlarga buyurtmalarni yaşaş joyiga yaqin punktlardan oliş, sotuvçilarga esa mahsulotlarni tezroq topşiriş imkonini beradi.

Ozon Özbekiston bozoriga 2023 yilda kirib kelgan. 2025 yilda kompaniyaning respublikadagi savdo aylanmasi ötgan yilga nisbatan qariyb tört barobar, faol xaridorlar soni esa qariyb 3,5 barobar oşgan.

Hududlardagi tadbirkorlar uçun bepul seminarlar

Marketpleysda savdo qiliş uçun mahsulotning özi yetarli emas. Uni xaridorga töğri taqdim etiş, reklama qiliş va yetkazib beriş jarayonlarini yölga qöyiş ham muhim.

Şu maqsadda Ozon 11–20 noyabr kunlari Samarqand, Navoiy, Buxoro, Andijon, Farğona, Qöqon va Namangan şaharlarida sotuvçilar uçun bepul seminarlar taşkil etadi.

Maşğulotlarda tadbirkorlarga mahsulot kartoçkalarini rasmiylaştiriş, logistika jarayonlarini sozlaş, mahsulotlarni ilgari suriş va Rossiya bozoriga çiqiş böyiça bilimlar beriladi.

Kompaniya vakilining ta’kidlaşiça, tadbirkorlar röyxatdan ötişdan boşlab ilk savdolarini amalga oşiriş va keyingi rivojlaniş bosqiçlarigaça qöllab-quvvatlanadi.

“Biz sizni röyxatdan ötişdan tortib, birinçi savdogaça va undan keyin ham kuzatib boramiz. Asosiy natija – yangi sotuvçilar oqimi va ularning savdosini kengaytiriş”, deya izoh berdi Natalya Boyer.

Özbekistonda işlab çiqarilgan mahsulotlarning xorij bozoriga çiqişi mahalliy işlab çiqaruvçilar uçun yangi xaridorlar topiş, biznesni kengaytiriş va eksport geografiyasini oşiriş imkoniyatini yaratişi mumkin. Ozon tomonidan e’lon qilingan taşabbuslar ham aynan şu yönalişga qaratilgan.

Biroq bu imkoniyatlarning amaliy samarasi taklif etilayotgan şartlarning qançalik qulay bölişi, logistika jarayonlarining samaradorligi va mahalliy mahsulotlarning xalqaro bozordagi raqobatbardoşligiga boğliq.

“Özbekistonda işlab çiqarilgan” mahsulotlar yangi bozorlarda qançalik örin egallaşi esa vaqt va savdo natijalari bilan namoyon böladi.

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing