Şavkat Mirziyoyev Prezident Olimpiadasi ğoliblarini tabrikladi

Sport

−

image

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Prezident Olimpiadasi musobaqalarida iştirok etgan yoş sportçilar, ularning ota-onalari, ustoz va murabbiylariga tabrik yölladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari öz tabrigida mazkur musobaqalar nafaqat sportda birinçilik uçun kuraş, balki yoşlar tarbiyasi va ma’naviyatini yuksaltirişga xizmat qilgan muhim tadbir bölganini ta’kidlagan.

“Aziz farzandlarim! Hurmatli ota-onalar, qadrli ustoz va murabbiylar! Avvalo, barçangizni mamlakatimiz sportida muhim voqeaga aylangan Prezident Olimpiadasi musobaqalarida munosib iştirok etganingiz bilan çin qalbimdan samimiy tabriklayman. Uşbu nufuzli bellaşuvlar faqat birinçilik uçun kuraşiş emas, teran falsafaga ega bölgan tarbiya va ma’naviyat anjumani sifatida ham ötganini ta’kidlaş lozim. Qizğin ruhdagi musobaqalar öğil-qizlarimiz örtasida özaro hurmat va döstlik muhitini yanada mustahkamlab, ularning sport va hayot haqidagi bilimlarini, Vatanga muhabbat va sadoqat tuyğusini yuksaltirgani ayniqsa muhimdir”, deydi Şavkat Mirziyoyev.

Prezidentning qayd etişiça, musobaqalar yoş sportçilar örtasida döstlik, özaro hurmat va soğlom raqobat muhitini mustahkamlaşga xizmat qildi.

“Ikki haftadan ortiq vaqt mobaynida keçgan murosasiz bellaşuvlarda qayd etilgan yuqori natija va rekordlar musobaqalarga bölgan qiziqişni yanada oşirdi”, deydi davlat rahbari.

Tabrikda bir qator sportçilarning natijalari alohida e’tirof etilgan. Jumladan, qaşqadaryolik Kumuş Köçkinova dzyudo va kuraş böyiça ikkita oltin medalni qölga kiritgan. Toşkentlik Ayşa Yenina esa badiiy gimnastikada uçta oltin, bitta kumuş va bitta bronza medaliga sazovor bölgan.

Şuningdek, oğir atletikaçi Muştariy Örolova 60 kilogrammdan yuqori vazn toifasida dast kötarişda 109 kilogramm, siltab kötarişda 136 kilogramm va ikki kuraş yakuniga köra 245 kilogramm natija qayd etib, jahon rekordini örnatgani ta’kidlangan. Şerdor Eşpölatov, Ikrom Möminboyev, Behröz Hasanov, Soliha Bahodirova, Dilfuza Yöldoşeva va Zuhra Ibrohimova esa Özbekiston rekordlarini yangilagan.

Parasuziş bahslarida andijonlik Hikmatulla Haydaraliyev va qoraqalpoğistonlik Şahnoza Yerejepbayeva törttadan oltin medalni qölga kiritgan. Sirdaryolik yengil atletikaçi Durdona Jumanqulova esa uçkuraş bahslarida 2014 oçko jamğarib, 14 yoşli sportçilar örtasida eng yuqori natijaga erişgan.

Şavkat Mirziyoyev bugun sport maydonlarida toblanayotgan yoşlar kelgusida qit’a va jahon çempionatlari, Olimpiya hamda Paralimpiya öyinlarida Özbekiston şarafini munosib himoya qilişiga işonç bildirgan.

“Öz kuçingizga bölgan işonçni heç qaçon yöqotmang, öz ustingizda işlaşdan aslo töxtamang! Haqiqiy çempionlar, çinakam alp pahlavonlar faqat ğalaba bilan emas, balki qiyinçiliklarni mardona yengib, maqsad sari qat’iy intilişi bilan ham ibrat va namuna körsatadi. Barçangizga mustahkam soğliq, tuganmas kuç-ğayrat va kelgusi musobaqalarda yanada yuksak zafarlar yor bölsin, aziz farzandlarim”, deya yoşlarga murojaat qilgan Prezident.

Davlat rahbari musobaqalarda mağlublar bölmaganini ta’kidlab, har bir iştirokçi muhim tajriba va bilim töplaganini qayd etgan. Şuningdek, yoş sportçilarni qöllab-quvvatlab kelayotgan ota-onalar, ustoz va murabbiylarga minnatdorlik bildirgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing