O‘zbekiston Nauru bilan diplomatik aloqa o‘rnatdi

Jamiyat

image

Kecha, 20 mart kuni AQSHning Nyu-York shahrida O‘zbekiston va Nauru o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risidagi Qo‘shma komyunike imzolandi. Bu haqda “Dunyo” xabar berdi.

Qayd etilishicha, ikki mamlakat hukumatlari nomidan hujjatni O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov va Nauruning BMTdagi doimiy vakili Lara Erab Daniel imzolagan.

Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari doirasida qo‘shma hamkorlikni kuchaytirishga tayyor ekanliklarini bildirgan.

“Siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikning o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarini topish uchun ikki tomonlama aloqalarni faollashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Hujjatning imzolanishi O‘zbekiston bilan xorijiy davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni faollashtirishda muhim qadam bo‘ldi”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Nauru Respublikasi O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 159-davlat bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Janubiy Amerikadagi Surinam davlati bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

diplomatik aloqa Nauru

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing