O‘zbekiston dunyoning bir chekkasi bilan diplomatik aloqa o‘rnatdi

Jamiyat

image

Kecha, 29 aprel kuni AQSHning Nyu-York shahrida O‘zbekiston va Kot-d’Ivuar Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma kommyunike imzolandi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, ikki mamlakat hukumatlari nomidan hujjatni O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov va Kot-d’Ivuarning BMTdagi doimiy vakili Tiyemoko Moriko imzolagan.

Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari doirasida qo‘shma hamkorlikni mustahkamlashga tayyor ekanini bildirgan.

“Siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikning o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarini topish uchun ikki tomonlama aloqalarni faollashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi”, deyiladi xabarda.

Shu tariqa G‘arbiy Afrikada joylashgan Kot-d’Ivuar O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 160-davlatga aylangan.

“Mazkur hujjatning imzolanishi O‘zbekistonning Afrika qit’a mamlakatlari bilan o‘zaro hamkorligini faollashtirishda muhim qadam bo‘ldi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 159-davlat Tinch okeanidagi orol-mamlakat, Yer yuzidagi eng kichik mustaqil respublika – Nauru bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston diplomatik aloqa Kot-d’Ivuar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing