O‘zbekiston MTJ shu yilning kuzida Qozog‘istonga qarshi maydonga tushishi mumkin
Sport
−
28 mart
1956O‘zbekiston milliy terma jamoasi shu yilning kuzida Qozog‘istonga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi mumkin. Bu haqda “Vesti.kz” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, o‘yin noyabr oyidagi xalqaro tanaffus vaqtida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, Qozog‘iston terma jamoasi JCH-2026 saralashi doirasidagi so‘nggi o‘yinini 15 noyabr kuni Belgiyaga qarshi o‘tkazadi. Shundan so‘ng, Qozog‘istonda bo‘sh kunlar bo‘ladi va aynan shu davrda mazkur bahs bo‘lib o‘tishi mumkin.
Qayd etish kerak, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi so‘nggi uchrashuv 2022 yilning 16 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan va o‘shanda O‘zbekiston milliy terma jamoasi vakillari 2:0 hisobida g‘alaba qozongan.
LiveBarchasi