“Uzbekistan” Ukrainani nega tabrikladi?
Jamiyat
−
17 fevral 2022
23502Kecha, 16 fevral – Ukraina Birlik kuni munosabati bilan “O‘zbekiston” mehmonxonasi fasadida “Birlik kuni muborak bo‘lsin, Ukraina” yozuvi aks ettirildi.
Mehmonxona rasmiysining QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qilishicha, “Birlik kuni muborak bo‘lsin, Ukraina” yozuvi ushbu mamlakatning O‘zbekistondagi elchixonasi tashabbusi aks ettirilgan.
“Kecha Ukrainada Birlik kuni nishonlandi. Shunga elchixonasi iltimosnoma bilan chiqqan edi, qo‘yib berasizlarmi deb. Biz bayroqni o‘zini qo‘ymaymiz. Agar tabrik bo‘lsa, avvalo o‘zbekcha va ukrainchada qo‘yib berishimiz mumkin dedik. Xatlari bor. Bu davlat pozitsiyasi emas, shunchaki bayram bilan tabriklash. Ukraina bizga do‘st davlat”, dedi mehmonxona vakili.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu bir davlatni kamsitib, boshqasini yuqoriga ko‘tarish maqsadida qilinmagan.
Eslatib o‘tamiz, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaning mamlakatga hujum uyushtirishi taxmin qilingan 16 fevral sanasini Birlik kuni deb e’lon qilgandi.