Istanbulda mehmonxona yonib ketdi (video)

Olam

image

Bugun, 5 sentyabr kuni Istanbulning Bakirko‘y tumanidagi olti qavatli mehmonxonada yuz bergan yong‘inda 12 kishi jarohatlandi, yuqori qavatlarda qolib ketgan 7 kishi esa qutqaruvchilar tomonidan evakuatsiya qilindi. Bu haqda “TRT Haber” xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, soat 06:30 atrofida Jevizlik mahallasidagi Muhasebechi ko‘chasida joylashgan olti qavatli mehmonxonaning birinchi qavatida noma’lum sabab bilan yong‘in chiqqan. Qisqa vaqt ichida kuchaygan alanga yuqori qavatlarga tarqalib, binoning tashqi fasadini ham qoplagan. Hodisa joyiga yong‘in xavfsizligi, politsiya va tez tibbiy yordam ekipajlari yuborilgan.

Yuqori qavatlarda qolib ketgan 7 kishi o‘t o‘chiruvchilar tomonidan xavfsiz hududga olib chiqilgan. Yong‘inda jarohatlangan 12 kishiga tez yordam mashinalarida dastlabki tibbiy yordam ko‘rsatilgan va ular shifoxonaga yuborilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qutqaruvchilarning qariyb bir soat davom etgan ishlari ortidan yong‘in nazoratga olinib, to‘liq o‘chirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pokiston poytaxti Islomoboddagi davlat shifoxonasida yong‘in chiqishi oqibatida kamida 14 nafar chaqaloq halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing