Qashqadaryoda mehmonxona 1,4 mlrd so‘mlik gazni o‘g‘irladi
3-sahifa
−
10:52 601 1 daqiqa
Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida 1,4 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan mehmonxona aniqlandi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Qarshi shahrida o‘tkazilgan nazorat tadbirida “D.” MCHJga qarashli mehmonxonada tegishli tashkilotlardan ruxsat olmasdan, o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi ma’lum bo‘lgan.
Ushbu qoidabuzarlik oqibatida, gaz ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, byudjetga 1 milliard 437 million so‘mlik zarar yetkazilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryoda 2 ta korxona yarim milliarddan ortiq elektrni o‘margan edi.
Live
Barchasi