Chilonzorda mehmonxona 1,3 mlrd so‘mlik elektrni talon-toroj qildi

3-sahifa

image

Toshkent shahrida 1,3 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan mehmonxona aniqlandi.  Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi.

Bosh prokuratura shtabi tomonidan Toshkent shahrining Chilonzor tumanida o‘tkazilgan nazorat tadbirida fuqaro S. S. ga qarashli mehmonxona hisoblagichdan tashqari tarmoqqa ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi ma’lum bo‘lgan.

Ushbu qoidabuzarlik oqibatida, elektr ta’minoti korxonasiga 1 milliard 377 million so‘mlik zarar yetkazilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq 6 ta holat aniqlangandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing