O‘zbekiston koronavirusning ikkinchi to‘lqiniga tayyorlanyapti – Abduhakim Hojiboyev
Jamiyat
−
08 dekabr 2020
29362Avvalroq, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri Abduhakim Hojiboyev Hindistonning mamlakatdagi Favqulodda va muxtor elchisi Manish Prabxat bilan uchrashgani haqida xabar bergan edik.
Uchrashuv chog‘ida Abduhakim Hojiboyev hozirda vaziyatning barqarorligi hotirjamlikka berilish uchun asos bo‘la olmasligini aytdi.
Uning ta’kidlashicha, ko‘pgina boshqa mamlakatlar tajribasiga ko‘ra, COVID-19ning ikkinchi to‘lqinidan qochib bo‘lmaydi degan tushuncha mavjud. Buning uchun mamlakatda unga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Mamlakatda koronavirus infeksiyasini davolashga ixtisoslashgan 150 dan ortiq shifoxonadan ayni paytda 40 ga yaqini faoliyati ko‘rsatayotgani, qolganlari zarurat tug‘ilganda yana koronavirus bilan kasallangan bemorlarni qabul qilishlari uchun saqlab qolingani aytib o‘tildi.
Eslatib o‘tamiz, uchrashuvda koronavirusga qarshi vaksina masalasi am ko‘tarilgan. Hindiston elchisi mamlakatda koronavirusga qarshi 3 ta vaksina yaratish ustida ish olib borilayotgani, ulardan 2 tasi ikkinchi, bittasi esa uchinchi bosqich sinov jarayonida ekanini aytib o‘tdi. Elchi kelajakda O‘zbekiston aholisi uchun ham ushbu hind vaksinalari foydali bo‘lishini ta’kidlab o‘tdi.
LiveBarchasi