O‘zbekiston Qozog‘istonni chetlab, Xitoy bilan bog‘lovchi temir yo‘l qurishga “bosh qo‘shmoqchi”

Jamiyat

image
O‘zbek-qirg‘iz chegarasi bo‘yicha muammolar qolmadi. Qaysi hududlar Qirg‘izistonga o‘tyapti? north_east

O‘zbek-qirg‘iz chegarasi bo‘yicha muammolar qolmadi. Qaysi hududlar Qirg‘izistonga o‘tyapti?

O‘zbekiston Qozog‘istonni chetlab o‘tib, Qirg‘iziston orqali Xitoyga ulanuvchi temir yo‘l qurilishini loyihalashtirish va qurishda ishtirok etishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda Qirg‘iziston Hukumati saytida xabar qilingan. Bu haqda tomonlar O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma komissiya yig‘ilishida kelishib olingan.

“O‘zbekiston tomoni Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘lining ma’lum uchastkalarini loyihalashtirish va qurishda ishtirok etishga, shuningdek, loyihaning texnik-iqtisodiy tayyorligidan kelib chiqib, moliyalashtirish masalalarini ham ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirdi”, deyiladi xabarda.

Tomonlar temir yo‘l ma’muriyatlarining takliflariga binoan o‘zaro asosda tarif imtiyozlarini berish orqali temir yo‘l transporti uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga kelishib oldilar.

Qirg‘iziston Transport, arxitektura, qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vaziri Gulmira Abdraliyeva ikki tomonlama hamkorlik doirasida transportning o‘zaro ta’sirining barcha masalalari bo‘yicha faol o‘zaro hamkorlik rejalashtirilganligini tushuntirgan.

Xususan, yozgi sayyohlik mavsumiga qadar Toshkent shahridan Issiqko‘l viloyatiga avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yish masalasini ishlab chiqish rejalashtirilgan, shuningdek, tomonlar Toshkent-Baliqchi temir yo‘l va  Toshkent-Tomchi-Toshkent yo‘nalishida havo aloqalarida mavsumiy yo‘nalishlarni tiklashmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston Bosh vaziri Ulukbek Maripov joriy yilning 25 mart kuni O‘zbekistonga tashrif buyurdi. U tashrifi davomida Prezident Shavkat Mirziyoyev qabulida ham bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Qirg'iziston

Baholaganlar

716

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing