O‘zbekiston-Qirg‘iziston o‘yiniga hakam tayinlandi
Sport
−
18 mart
9737Futbol bo‘yicha Jahon chempionati-2026 saralash bosqichi doirasidagi O‘zbekiston-Qirg‘iziston terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni yaponiyalik hakam Yasuke Araki boshqaradi.
Ushbu hakam boshqargan o‘yinlarda O‘zbekiston milliy terma jamoasi 1 g‘alaba va 1 durang qayd etgan. Osiyo kubogi-2023 doirasida Yasuke Araka boshqargan Avstraliya-O‘zbekiston o‘yinda 1:1 hisobi qayd etilgan. Jahon chempionati-2026 saralash bosqichi doirasidagi o‘yinida O‘zbekiston Turkmanistonni 3:1 hisobida mag‘lub etgan.
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston-Qirg‘iziston terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 20 mart kuni “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 21:00 da start oladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Husniddin Aliqulov jarohat olgani sabab, mart oyidagi yig‘inni o‘tkazib yuborishi haqida xabar berilgan edi.
LiveBarchasi
20 mart
Temu O‘zbekistonda bloklandi.
20 mart
Trenddagilar

