O‘zbekiston diplomatik aloqalar o‘rnatgan davlatlar soni 150 taga yetdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Seyshel orollari bilan diplomatik aloqalar o‘rnatdi. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ma’lum qildi. 

Vazir Seyshel orollari Tashqi ishlar va turizm vaziri Silvestr Radegond bilan uchrashdi. Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasida qo‘shma kommyunike imzolangan. 

“Istiqbolli hamkorlikning muhim yo‘nalishlari, ayniqsa, xalq diplomatiyasi va sayyohlik almashinuvini rivojlantirishda ko‘plab imkoniyatlar mavjudligini ta’kidladik”, deydi Baxtiyor Saidov.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan davlatlar soni 150 taga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, may oyida O‘zbekiston Jibuti o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida qo‘shma kommyunike imzolagandi.

Shohjahon Majidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

O'zbekiston diplomatik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing