O‘zbekiston bo‘ylab o‘z kuchida qoladigan karantin cheklovlari ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image
Maxsus komissiya qarori bilan 5 iyundan bir qancha faoliyat turlariga ruxsat berildi north_east

Maxsus komissiya qarori bilan 5 iyundan bir qancha faoliyat turlariga ruxsat berildi

15 iyundan kafe va restoranlar faoliyatiga ruxsat beriladi north_east

15 iyundan kafe va restoranlar faoliyatiga ruxsat beriladi

O‘zbekistonga koronavirus infeksiyasini kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 15 iyundan qator faoliyat turlariga ruxsat berildi.

Shu bilan bir qatorda, barcha hududlarda ularning toifasidan qat’i nazar quyidagi karantin talablari saqlab qolinmoqda:

•    jamoat joylari va tadbirkorlik faoliyati ob’ektlarida ijtimoiy masofa (2 metr)ni saqlash, uch kishidan ortiq yig‘ilmaslik, fuqarolarning tibbiy niqobdan hamda antiseptik vositalaridan foydalanishi;

•    ta’lim tashkilotlari (maktab, litsey, kollej, texnikum, institut, universitet va boshqalar) faoliyatini yo‘lga qo‘ymaslik;

•    ko‘ngilochar ob’ektlar — tungi klublar, diskoteka, spa va massaj salonlar, karaoke, bilyard zallari, chilim (kalyan) va kompyuter o‘yinlari markazlari faoliyatiga yo‘l qo‘ymaslik; 

•    konsert, kinoteatr va sport tadbirlarini (professional futbol klublari o‘quv mashg‘ulotlari va O‘zbekiston professional futbol ligasi chempionatlari bundan mustasno) o‘tkazmaslik;

•    jamoat transporti harakatiga ruxsat bermaslik;

•    dehqon, qurilish bozorlari, oziq-ovqat va nooziq-ovqat savdo nuqtalari (supermarket va boshqa yirik do‘konlar) kirish-chiqish joylarini pirometrlar va antiseptik vositalar bilan jihozlash hamda har bir fuqaroning tana haroratini o‘lchab, 37*S va undan yuqori bo‘lgan holatda, ushbu majmualarga kiritmaslik choralarini ko‘rish;

•    barcha tashkilotlar kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion “to‘shak”lar bilan ta’minlash hamda xodimlar tomonidan ijtimoiy masofa (2 metr)ni saqlagan holda faoliyat yuritishini ta’minlash;

•    qurilish-ta’mirlash ishlarida ob’ektlarning hududi to‘liq karantinga olinishi va hududiy sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazlari bilan birgalikda ob’ektlarda sanitariya-gigiyena tadbirlarining amalga oshirilib borilishi. Bunda, ushbu tashkilotlarning faoliyat olib borish davrida sanitariya va gigiyena qoidalariga to‘liq rioya qilish, o‘z faoliyatini faqatgina tegishli ob’ekt hududi doirasida tashkil etish. 

“Qizil” toifaga kiruvchi hududlarda karantin cheklovlari talablarini bajarmaslik, shuningdek, “yashil” va “sariq” toifaga kiruvchi hududlarda ruxsat berilgan faoliyat turlarini o‘rnatilgan maxsus talablarga rioya etmagan holda amalga oshirish tegishli javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Shuningdek, Karantin sharoitida umumiy ovqatlanish ob’ektlari faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha vaqtinchalik tartib hamda Karantin sharoitida ruxsat berilgan faoliyat turi bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlik sub’ektlarida sanitariya-epidemiologik nazoratni amalga oshirish bo‘yicha vaqtinchalik tartib tasdiqlandi.

Shu bilan birga, Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasiga faoliyati tiklanayotgan sohalarda va tadbirkorlik sub’ektlarida karantin talablari, sanitariya-epidemiologik qoidalarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, maxsus komissiya qarori bilan 5 iyundan mamlakatda diniy tashkilotlar faoliyatiga ruxsat berildi. Masjidlarda namoz o‘qilishi mumkin bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

364

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing