15 iyundan kafe va restoranlar faoliyatiga ruxsat beriladi
Jamiyat
−
04 iyun 2020
13781O‘zbekistonga koronavirus infeksiyasini kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining galdagi qarori bilan 15 iyundan boshlab “yashil” va “sariq” hududlarda umumiy ovqatlanish ob’ektlari faoliyatiga ruxsat beriladi.
Shu bilan bir qatorda, umumiy ovqatlanish ob’ektlari faoliyatini tashkil etishga qo‘yiladigan asosiy talablar sifatida quyidagilar belgilab qo‘yildi:
• banketlar va boshqa ommaviy tadbirlarni o‘tkazishga yo‘l qo‘ymaslik;
• faoliyatini 8:00 dan 23:00 ga qadar tashkil etish;
• stollar oralig‘idagi 2 metrdan kam bo‘lmagan ijtimoiy masofani ta’minlash;
• bir stol atrofida 4 kishidan ko‘p bo‘lmagan (10 kishidan ko‘p bo‘lmagan bir oila a’zolari bundan mustasno) mijozlarni joylashtirish;
• xodimlarning tibbiy niqob va tibbiy qo‘lqopda bo‘lishi;
• har bir mijozdan keyin stol va boshqa jihozlarning yuza qismini dezinfeksion vositalar bilan tozalash.