Italiya restoranlarida oilalarga ovqatlaniş paytida telefon işlatiş taqiqlanadi

Olam

−

image

Italiyaning Sardiniya orolidagi 15 ta restoran oilalarga dasturxon atrofida telefon işlatişni taqiqlaş böyiça tajriba loyihasini boşlaydi. Taşabbus ota-onalar va bolalarni ovqatlaniş vaqtida telefonlarga çalğimasdan, özaro suhbatlaşişga undaşga qaratilgan. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.

“Dasturxonda ekranlarsiz” deb nomlangan loyiha kelasi haftadan boşlanib, bir oy davom etadi. Unda iştirok etayotgan restoranlarda ovqatlanadigan ota-onalar va bolalar telefonlari hamda boşqa elektron qurilmalarini çetga qöyişi kerak böladi.

Loyihani Sardiniyaning bolalar huquqlari böyiça vakili Anna Kau ilgari surgan. Uning aytişiça, taşabbusdan maqsad faqat taqiq joriy etiş emas, balki ota-onalarga farzandlari bilan köproq muloqot qiliş uçun qulay şaroit yaratişdir.

Telefonlarini çetga qöygan oilalarga restoran xodimlari maxsus töplam beradi. Unda bolalarning ota-onalari bilan suhbatlaşişiga yordam beradigan öyinlar va rasm çiziş uçun materiallar böladi. Masalan, bolalar kun davomida boşidan keçirgan voqealar haqida ota-onalariga gapirib berişi mumkin.

Italiya pediatrlar federatsiyasi tomonidan işlab çiqilgan töplamga raqamli qurilmalardan ortiqça foydalanişning xavflari hamda uyda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişni nazorat qiliş böyiça tavsiyalar berilgan buklet ham kiritilgan.

Anna Kaunning bildirişiça, restoranlarda taklif etiladigan öyinlar ovqatlaniş vaqtiga moslaştiriladi va ma’lum vaqt bilan çeklanadi.

Loyiha Sardiniyadagi umumiy ovqatlaniş, turizm va köngiloçar sohalar vakillarini birlaştiruvçi Fipe-Confcommercio taşkiloti bilan hamkorlikda işlab çiqilgan. Uyuşmaning oroldagi bölimi rahbari Emanuele Fronji 15 ta restoran taşabbusda qatnaşişga rozi bölganini aytgan. Kelgusida loyihani boşqa restoranlar hisobiga ham kengaytiriş rejalaştirilgan.

Fronjining sözlariga köra, oilalar restoranlarda birga ovqatlaniş orqali özaro yaqinlikni mustahkamlaşi mumkin. Biroq hozir köplab oilalarda dasturxon atrofidagi suhbatlar örnini telefonlarga qarab jim ötiriş egallamoqda. Ba’zi ota-onalar esa bolalari tinç ötirişi uçun ularning qöliga telefon berib qöyadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Qozoğiston maktablarida dars vaqtida, hatto tanaffuslarda ham smartfonlardan foydalaniş taqiqlanişi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing