Maxsus komissiya qarori bilan 5 iyundan bir qancha faoliyat turlariga ruxsat berildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonga koronavirus infeksiyasini kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining galdagi qarori bilan, 2020 yil 5 iyundan “sariq” hududlarda quyidagilarga ruxsat berilmoqda:

•    mehmonxonalar, sanatoriylar, pansionatlar, bolalar oromgohlari, mehmon uylari, plyajlar, boshqa dam olish maskanlari va joylashtirish vositalari faoliyatiga (xostellar bundan mustasno);

•    uy mehmonxonalari va soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tgan dala hovlilar (dachalar) faoliyatiga (faqat oilaviy mehmonlarga xizmat ko‘rsatish uchun);

•    mehmonxonalar, sanatoriylar, pansionatlar, bolalar oromgohlari, mehmon uylari, plyajlar, boshqa dam olish maskanlarida joylashgan hamda ochiq havoda xizmat ko‘rsatuvchi umumiy ovqatlanish ob’ektlari (restoran, kafe, oshxona, choyxona) faoliyatiga.

5 iyundan “yashil” hududlarda “sariq” hududlarga qo‘shimcha ravishda quyidagilarga ruxsat beriladi:

•    individual shug‘ullanish uchun trenajer zallari va basseynlar faoliyatiga (karantin qoidalariga rioya etgan holda);

•    madaniyat ob’ektlari (teatrlar) faoliyatiga, individual va jamoaviy repetitsiyalar o‘tkazish sharti bilan (30 kishidan ko‘p bo‘lmagan), tomoshabinlar va tashrif buyuruvchilarga ruxsat bermagan holda, spektakllarni onlayn rejimida yoki televideniye orqali translyatsiya qilish yo‘li bilan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Karantin Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

508

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing