O‘zbekiston ayollar o‘rtasida Osiyo kubogiga mezbonlik qilishi mumkin
Sport
−
15 mart
4200Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) ayollar qo‘mitasi bugun, 15 mart kuni Toshkentda o‘tkazilgan yig‘ilishda ayollar o‘rtasidagi 2026 yilgi Osiyo kubogini Avstraliyada, 2029 yilgi Osiyo kubogini esa O‘zbekistonda o‘tkazishni tavsiya qildi.
Hozircha bu borada yakuniy qaror qabul qilinmagan. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ham haligacha OFKga tegishli hujjatlarni taqdim etmagan, shundan so‘ng tavsiyanoma qarorga aylanadi.
Qayd etish joiz, ayni vaqtga kelib 2029 yilgi Osiyo kubogiga mezbonlik qilish bo‘yicha O‘zbekistondan boshqa nomzod yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, fevral oyida O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni Osiyo kubogi mezbonligi uchun arizasini qaytarib olgani xabar qilingandi.
O‘tgan yili Avstraliya Jahon chempionati o‘yinlariga mezbonlik qilgan va mutaxassislarning fikricha, bu mamlakat iqtisodiyotiga bir milliard AQSH dollariga yaqin daromad keltirgan. Shunga o‘xshash bir qator sabablarga ko‘ra, 2026 yilgi Osiyo kubogi mezbonligi “yashil qit’a” vakillariga ishonib topshiriladi.
LiveBarchasi