O‘zbekistonda aholini koronavirusga qarshi emlash boshlanadigan sana aytildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Ertaga, 17 mart kuni O‘zbekistonga Buyuk Britaniyada ishlab chiqarilayotgan koronavirusga qarshi AstraZeneca vaksinasining ilk partiyasi olib kelinadi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbarining o‘rinbosari Botir Qurbonov QALAMPIR.UZ’da bo‘lib o‘tgan Korona marafoni jonli muloqotida aytib o‘tdi.

“O‘zbekiston butun dunyoda rivojlangan va kam rivojlangan davlatlarda vaksinalarning teng tarqatilishini nazorat qilib boruvchi COVAX dasturi orqali AstraZeneca vaksinasini olishi kutilyapti. 17 mart kuni ushbu vaksinaning bir qismi yetib keladi. 3-4 kuni ichida, Navro‘z bayrami arafasida emlash tadbirlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Shu bilan birga 2020 yilning dekabr oyida Rossiya Federatsiyasining To‘g‘ridan-to‘g‘ri invetitsiyalar jamg‘armasi ko‘magida mamlakatda ishlab chiqarilgan “Sputnik V” vaksinasining 100 dozasi olib kelingan. Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan sertifikatsiyalash jarayonlari amalga oshirilgan. Bugungi kunda bu vaksinani ham sotib olish bo‘yicha RF bilan muzokaralar o‘tkazilyapti. Tez orada bu vaksinani ham olib kelish rejalashtirilgan”, deydi Botir Qurbonov.

Qurbonovning ta’kidlashicha, O‘zbekistonda fuqarolarni emlash uchun 3 turdagi vaksina: AstraZeneca, “Sputnik V” va ZF-UZ-VAC 2001 (ZF-2001) vaksinasidan foydalaniladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Xitoyning “Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co.,Ltd” kompaniyasi ishlab chiqarilgan vaksinaning hammuallifi deb tan olindi. Shuningdek, rasmiy Toshkent ushbu vaksinadan 1 mln doza sotib olmoqchi.

Qayd etish kerakki, O‘zbekiston aholini emlash uchun qo‘llashni rejalashtirgan 3 ta vaksinadan faqatgina AstraZeneca Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan favqulodda foydalanish uchun tavsiya qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda Botir Qurbonov

Baholaganlar

706

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing