O‘zbekistonga kompaniyalar migratsiyasi, sobiq Prezidentning xatolari, kontrakt to‘lashdagi yangilik va boshqa xabarlar

Jamiyat

Yakuniga yetayotgan 9 sentyabr sanasida O‘zbekiston va xalqaro maydonda ko‘plab muhim voqealar yuz berdi. Quyida ularning ayrimlariga to‘xtalib o‘tamiz.

Samarqandda yangi tunnel qurilishi boshlandi

Samarqand shahrining Ro‘dakiy va Bo‘stonsaroy ko‘chalari kesishmasida tunnel qurilishi boshlandi. Qurilish “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ “Ko‘prikqurilish” tresti UK tomonidan amalga oshirilmoqda. Tunnel 2022 yilda Samarqand shahrida o‘tadigan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammitiga tayyorgarlik doirasida qurilyapti.

Atamboyev va uning sheriklari qanday sharoitda saqlanyapti?

Qo‘y-Tosh voqealaridan bir oy o‘tib hibsga olingan Almazbek Atamboyev va uning sheriklarining hibsdagi holati ma’lum bo‘ldi. Qo‘y-Tosh ishidagi guvohlar - QSDP vakillari Kunduz Joldubayev, Asel Koduranova, Adil Turduqulov, Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi 9-bo‘lim xodimi, sobiq Prezidentning soqchilaridan biri bo‘lgan Kanat Saginbayev va Ravshan Jeyenbekovlarning barchasi so‘roqqa kelishga va’da bergan.

O‘zbekistonda hisoblagichlar ko‘rigi uzaytirildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Qahramon Ergashevga ko‘ra, 2019 yil 1 noyabrdan boshlab aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining energiya manbalarini hisobga olish priborlarini qiyoslash bilan bog‘lik ishlarni amalga oshirish uchun murojaatlari Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) orqali qabul qilinadi.

Nurmuhamedov Pore bilan jang uchun rekord darajada gonorar oldi

UFC chempioni Habib Nurmuhamedovning Dastin Pore bilan jang uchun qancha gonorar olishi aniq bo‘ldi.

Jang uchun aytilgan 6 mln dollardan tashqari Habib kechadagi eng yaxshi chiqish uchun 50 ming va media-tadbirlarda ishtirok etgani uchun yana 40 ming dollar olgan.

Atamboyev xatolari va nimadan afsuslanishini aytdi

Qirg‘izistonning hibsga olingan sobiq Prezidenti Almazbek Atamboyev davlat rahbari sifatidagi faoliyati davomida yo‘l qo‘ygan eng katta xatosi va nimadan afsuslanishini ma’lum qildi.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Dilbar Muhamedxanovna G‘ulomova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining o‘rinbosari etib tayinlandi.

O‘zbekistondan chiqqan yuk mashinalari Qozog‘istonda toshbo‘ron qilindi (video)

O‘zbekistondan yo‘lga chiqib, Rossiyaning Astraxan viloyatiga ketayotgan yuk mashinalari Qozog‘istonning Atirau vilotida noma’lum shaxslar tomonidan toshbo‘ron qilindi. Voqea joriy yilning 7 sentyabr kuni, og‘irlik nazorati postidan taxminan 5 kilometr uzoqlikda sodir bo‘lgan. 

Dollar kursi yana ko‘tarildi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 10 sentyabrdan amalda bo‘luvchi yangi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSH dollari 9395,63 so‘mga teng bo‘lib, o‘tgan haftadagiga nisbatan 11,06 so‘mga qimmatladi.

Navbahor XTB rahbari o‘z uyida o‘ldirildi

Navoiy viloyati Navbahor tumani xalq ta’limi bo‘limi rahbari Madina Ataniyazova turmush o‘rtog‘i tomonidan vahshiylarcha o‘ldirildi. 

Dastlabki xulosalarga ko‘ra, joriy yilning 6 sentyabr kuni soat taxminan 20:20larda Madina Ataniyazova ishdan kelib, egnidagi kiyimlarini almashtirish maqsadida yotoqxonasiga kirgan vaqtida uning turmush o‘rtog‘i Sh.R. xonadagi kiyim javoni ortidan chiqib, Madinaga qo‘lidagi oshxona pichog‘i bilan hujum qilgan.

Arqadag‘ning o‘g‘li yangi shahar quryapti

Joriy yilning 7 sentyabr kuni Turmanistonning Axal viloyati Geoktepe tumanida 2021 yil sentyabrgacha qurilishi kerak bo‘lgan Axal viloyatining yangi ma’muriy markazi qurilishi munosabati bilan tantanalar bo‘lib o‘tdi. Yzgan qishlog‘ida boshlangan tadbirda hukumat a’zolari, parlament deputatlari, tumanlar hokimlari, mahalliy aholi va ishtirokida konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Chet elda qizi qamalgan ayol Prezidentga murojaat qildi

Qozog‘istonlik Zuhra Seytimova Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevga murojaat qildi. U o‘z murojaatida qizining chet elda qanday qamoqqa tashlangani, shuningdek tergov jarayoni haqida so‘zlab berdi. Ayolning qizi Akjarkin Turlibay 5 yil oldin Guanchjou aeroportida qo‘lga olingan edi. U giyohvand moddalar kontrabandasi uchun umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan 

Qozog‘iston kompaniyalari O‘zbekistonga ko‘chib o‘tmoqda

Qozog‘istonning un ishlab chiqarish bo‘yicha bir qancha korxonalari O‘zbekistonga ko‘chib o‘tdi. Ma’lum qilinishicha, Qozog‘iston kompaniyalari O‘zbekistondagi biznes sharoitlar Qozog‘istonga qaraganda qulayroq bo‘lgani tufayli shunday qarorga kelgan.
“Bizda ma’lum “qaychi” bor, agar biz molimizni sotishni xohlasak, unga mos kelishimiz kerak. "Gap shundaki, bugungi kunda bug‘doy narxini un ishlab chiqaruvchilar, don sotuvchilar emas, balki bizning asosiy savdo bozorlarimiz - Afg‘oniston, O‘zbekiston va Tojikistonning xaridorlari talab qilmoqda", deya vaziyatni sharhlagan Qozog‘iston donni qayta ishlash va non ishlab chiqaruvchilar ittifoqi Prezidenti Yevgeniy Gan.

Qashqadaryo IIB semiz xodimlari bo‘yicha hisobot berdi

Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar organlarida semizlik darajalari bo‘yicha hisobga olingan xodimlar bilan olib borilgan chora-tadbirlar samara keltirmoqda. Olib borilgan ishlar natijasida ijobiy natijalarga erishilgani hisobotda aytilmoqda. Joriy yilning mart oyi holatiga ko‘ra viloyat Ichki ishlar organlari tizimida mavjud jami 1163 nafar xodim semizlik darajalariga kiritilgan.

OTMda o‘qish uchun kontraktni oyma-oy to‘lash mumkin bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2019 yilda oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatining o‘rnatilishiga sharh berdi.

Aholiga to‘lovlarni amalga oshirishda yengillik yaratish maqsadida kontrakt summalarini oyma-oy bo‘lib to‘lash imkoniyati beriladi hamda oliy ta’lim muassasalari rektorlari to‘lov muddatlarini uzaytirish vakolatiga ega bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

38

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing