Samarqandda yangi tunnel qurilishi boshlandi
Jamiyat
−
09 Sentabr 2019 8020 1 daqiqa
Samarqand shahrining Ro‘dakiy va Bo‘stonsaroy ko‘chalari kesishmasida tunnel qurilishi boshlandi. Qurilish “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ “Ko‘prikqurilish” tresti UK tomonidan amalga oshirilmoqda. Bu haqda shahar hokimiyati Matbuot xizmati xabar berdi.
Tunnel 2022 yilda Samarqand shahrida o‘tadigan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammitiga tayyorgarlik doirasida qurilyapti.
Tunnel tipidagi yo‘l o‘tkazgichning umumiy uzunligi 534 metr bo‘ladi. Tunnel qismining uzunligi 93 metrga yetadi. Bo‘stonsaroy ko‘chasi bo‘ylab kengligi 6 metr, balandligi 3 metr bo‘lgan piyodalar yer osti o‘tish yo‘lkasi ham qilinadi.
Qurilishda 14750 kub metr yig‘ma va monolit temirbeton ishlatiladi. Bunda, 7375 tonna sement, 3130 tonna armatura, 78,5 tonna metall prokat ishlatiladi. Qurilish-montaj ishlarining qiymati 67 milliard 730 million so‘mni tashkil etadi.
Qurilish ishlari munosabati bilan shahar hokimi B.Obloqulov farmoyish qabul qildi. Unga ko‘ra, Samarqand shahrining quyidagi ko‘chalarida bugun, 7 sentyabrdan boshlab (qurilish ishlari tugatilgunga qadar) transport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatildi:
Rudakiy ko‘chasining Dahbed ko‘chasi bilan kesishgan qismidan, Rudakiy-Bo‘stonsaroy ko‘chalari chorrahasigacha;
Bo‘stonsaroy-Rudakiy ko‘chalari chorrahasidan, Rudakiy-Dahbed ko‘chalari chorrahasigacha;
Bo‘stonsaroy-Rudakiy ko‘chalari chorrahasidan, Rudakiy-Chuquryo‘l ko‘chalari tutashmasigacha;
Rudakiy-Chuquryo‘l ko‘chalari tutashmasidan, Bo‘stonsaroy-Rudakiy ko‘chalari chorrahasigacha bo‘lgan qismigacha;
Live
Barchasi